Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekneftgaz”: import qilinadigan uglevodorod xomashyolarini yetkazib beruvchilari orasida tanlov o‘tkazilmoqda
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 2022 yil oxirigacha import qilinadigan uglevodorod xomashyosini sotib olish uchun yetkazib beruvchi kompaniyalar orasida tanlov o‘tkazilishini e’lon qiladi.
Xususan, joriy yil yakuniga qadar zavod ehtiyojlari uchun import qilinadigan uglevodorod xomashyosining miqdori quyidagilarni tashkil etadi:
- 20 ming tonna gazoyl;
- 20 ming tonna neft;
- 20 ming tonna gaz kondensati.
Yetkazib berish joyi: O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumani, Mustaqillik ko‘chasi 1-uy: Buxoro neftni qayta ishlash zavodi.
Tanlovning o‘tkazilish muddati
- Hujjat topshirishning boshlanish muddati – 2022 yil 11 avgust.
- Hujjat topshirishning so‘nggi muddati – 2022 yil 30 avgust.
Tanlov tashabbuskori bilan aloqalar:
Mas’ul shaxs: Nazirov Sulaymon
Tel.: +998 65 365-42-50
Qo‘shimcha telefon raqamlar: +998 65 364-13-44; +998 91 311-16-61;
Elektron pochta manzili: [email protected] va [email protected]
Sizni Buxoro neftni qayta ishlash zavodining ehtiyojlari uchun import qilinadigan uglevodorod xomashyosini xarid qilish bo‘yicha o‘tkazilayotgan tanlovda faol ishtirok etishingizga umid qilamiz.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi
17:46 / 17.02.2025
Davlatga qarashli bir qator yirik kompaniyalar yanvarda soliq to‘lashni qisqartirdi
17:51 / 27.12.2024
O‘zbekiston qanday qilib yirik gaz eksportyoridan sof importyoriga aylandi?
22:19 / 19.12.2024