O‘zbekiston | 16:23 / 17.08.2022
4740
1 daqiqa o‘qiladi

To‘raqo‘rg‘on IESga gaz yetkazib beruvchi quvurdagi ta’mirlash ishlari qachon yakunlanishi aytildi 

Namangan viloyatidagi magistral gaz quvurida yuzaga kelgan nosozlik maxsus brigada tomonidan bartaraf etilmoqda.

Foto: UZ24.uz

To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi magistral gaz quvurida yuzaga kelgan nosozlik maxsus brigada tomonidan bartaraf etilmoqda.

Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, ta’mirlash ishlari bugun soat 18:00 ga qadar yakunlanishi ko‘zda tutilmoqda. Ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng, To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi qisqa fursatda ishga tushirilib, elektr energiyasini uzata boshlaydi.

Hozirgi paytda yo‘qotilgan quvvatni tiklash uchun Toshkent, Yangi Angren, Sirdaryo IESlari hamda Chorvoq GESdagi zaxira energobloklar ishga tushirildi.

Bundan oldin To‘raqo‘rg‘on IES ishi favqulodda to‘xtatilgani, hududlarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilishi mumkin ekani xabar qilingandi.

Mavzuga oid