Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijda ish qidirayotganlarni ishga joylash bo‘yicha xizmat haqi ish beruvchidan undiriladi
O‘zbekistondan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar uchun haq ish qidirayotgan shaxslardan emas, ish beruvchilardan undiriladi.
“Huquqiy axborot” kanalida yozilishicha, mazkur xizmatlarni ko‘rsatuvchi xususiy bandlik agentliklari BHM 8 500 baravari miqdoridagi mablag‘ni Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ular huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasida zaxira qilib qo‘yadi.
Xususiy bandlik agentliklari ishga joylashtirish sohasida taqdim etadigan axborot va maslahat xizmatlari qiymati BHM bir baravarigacha (300 ming so‘mgacha) miqdorni tashkil etadi.
Xususiy bandlik agentliklari chet ellik ish beruvchi, sheriklar bilan hamkorlik to‘g‘risida shartnoma tuzishi ham zaruriy shart hisoblanadi.
Mavzuga oid
10:18 / 23.05.2025
O‘zbekistonlik 1500 dan ortiq fuqaro Sloveniyada ish topishi mumkin
00:46 / 06.05.2025
Xitoyda muntazam ravishda ortiqcha ishlab kelgan repetitor o‘z ishxonasida vafot etdi
10:49 / 14.04.2025
O‘zbekistonliklar Turkiyadagi yolg‘on ish takliflari haqida ogohlantirildi
11:36 / 12.04.2025