Surxondaryoda fuqaroning kartasidagi pulni o‘g‘irlagan bank xodimlari ushlandi
Bank xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
IIV Kiberxavfsizlik markazining xabar berishicha, Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida yashovchi fuqaro O.S. IIBga murojaat qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan “Humo” bank kartasida bo‘lgan 48 million 640 ming 550 so‘m miqdoridagi pullar noma’lum shaxslar tomonidan yechib olinganini bildirgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida fuqaroning bank kartasidan pullarini o‘g‘irlagan shaxslar “Agrobank” Oltinsoy tumani bo‘limi xodimlari, Sho‘rchi tumanida yashovchi Q.Sh. va A.S. ekanligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, fuqaroning pullarini o‘g‘irlagan bank xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, “Ipoteka-bank” ATIB Surxondaryo viloyati filialining shu’ba mudiri tadbirkorga 500 million so‘m kredit ajratib berish evaziga 10 million so‘m olayotganda ushlangan.
Mavzuga oid
21:33 / 22.11.2024
Xitoy Surxondaryodagi mis va kumush konlariga 2,7 milliard dollar investitsiya taklif qilmoqda
14:50 / 21.11.2024
Kuvayt O‘zbekistonda Ona va bola klasterini tashkil etadi
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
08:15 / 13.11.2024