Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2024 yilda xonadonlarga suyultirilgan gaz tashish hajmi oyiga o‘rtacha 1,9 tonnaga oshiriladi
2024 yilda suyultirilgan gaz hajmi oylik fondi bosqichma-bosqich 56 ming tonnagacha, xonadonlarga suyultirilgan gaz tashish hajmi oyiga o‘rtacha 1,9 tonnaga oshiriladi.
AOKAda o‘tkazilgan brifingda "Hududgazta’minot" boshqarma boshlig‘i Rahmatulla Mannonov iste’molchilarga suyultirilgan gazni yetkazib berishda korrupsion holatlar va o‘g‘irlash oldini olish, noqonuniy sotishga qarshi kurashish haqida ma’lumot berdi.
Bildirilishicha, so‘nggi uch yilda iste’molchilarga suyultirilgan gaz yetkazib berish sohasi modernizatsiya qilindi. Aholiga gaz ballonlarini “aylanma” usulda yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi, avtotransport vositalari parki sezilarli kengaytirildi, temiryo‘li bo‘ylab yonilg‘ini tashish uchun vagon-sisternalari sotib olindi.
Davlat-xususiy sherikchilik tamoyili asosida Ye-Gaz dasturi ishlab chiqilib, unda iste’molchilarga gaz yetkazib berishda naqd pul muomalasidan naqd pulsiz shaklga o‘tkazildi.
Ta’kidlanishicha, bunda 3,7 mlndan ortiq iste’molchi maxsus ID-karta bilan ta’minlandi hamda foydalanishdagi 4,7 mln maishiy gaz ballonga maxsus bar-kodli yorliq biriktirildi.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
13:37 / 07.05.2025
Yevropa komissiyasi Rossiya gazidan voz kechish rejasini taqdim etdi
13:48 / 06.05.2025
Yevropa Ittifoqi 2027 yil oxirida Rossiyadan barcha gaz importini taqiqlamoqchi
15:20 / 01.05.2025