Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qirol Abdulaziz universiteti hamkorligida yangi markaz tashkil etiladi
Saudiya Arabistonining eng yirik universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Jidda shahridagi Qirol Abdulaziz nomidagi universitetiga tashrif buyurdi.
Qirol Abdulaziz universiteti Saudiya Arabistonining eng katta universiteti bo‘lib, uning tarkibida bir nechta tadqiqot markazlari mavjud.
Tashrif chog‘ida o‘zbekistonliklarga universitet shifoxona ko‘rinishida tashkil etilgan tibbiy o‘quv markazi, startaplarni rivojlantirish markazlari namoyish etilib, ular ish jarayonlari bilan tanishtirildi.
Tashrif davomida ikki davlat olimlari hamkorligida qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, olimlarni stajirovkalarga yuborish va o‘zaro tajriba almashish masalalari bo‘yicha kelishib olindi.
Qirol Abdulaziz universiteti va Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda yangi markaz tashkil etish taklifi muhokama etildi. Universitet delegatsiyasi Toshkentda oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan InnoWeek-2022 innovatsion g‘oyalar haftaligiga tashrif buyurganida, markaz tashkil etish masalasi batafsil muhokama etilishiga kelishildi.
Mavzuga oid
09:56 / 18.05.2025
O‘zbekistonda OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi
11:48 / 02.05.2025
O‘zbekistonda Fransiya universitetini ochish rejalashtirilmoqda
15:26 / 29.04.2025
“Yangi O‘zbekiston” universiteti faoliyati takomillashtiriladi
11:35 / 09.04.2025