Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
Ayollarning iqtisodiy mustaqil bo‘lishi oilaviy zo‘ravonlikka qarshi kurashishga yordam beradi, shaxsiy rivojlanish hamda o‘zi va farzandlarining kelajagiga ishonch bilan qarash imkonini beradi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva ShHT ayollar forumida ta’kidlab o‘tdi.
Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi xotin-qizlar forumi bo‘lib o‘tdi. Forum doirasida ilk marta tadbirkor ayollar konferensiyasi o‘tkazildi. Respublika gender komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva konferensiyadagi nutqida ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati haqida to‘xtaldi.
“ShHT doirasida ayollar hamjamiyati shakllanib ulgurgan va unda nafaqat rejalar, yangi imkoniyatlar muhokama qilinadi, balki kelishuvlar doirasida erishilgan natijalar haqida ham ma’lumot almashiladi.
Mintaqamiz ayollari uchun iqtisodiy mustaqillik farovon hayot eshiklarini ochibgina qolmay, oilaviy va maishiy zo‘ravonlikka qarshi kurashishga yordam beradi, kasbiy o‘sish va mustaqil rivojlanish, o‘zi va farzandlarining kelajagiga ishonch bilan qarash imkoniyatini beradi.
Bugun men ayollar tadbirkorligi tilida, ayollar uchun imkoniyatlar tilida gaplashmoqchiman hamda ayollarning muammolariga yechim topilayotganini ko‘rishni istardim. Va bunda biz shaxsiy erkinlik va moliyaviy mustaqillik yo‘lini tanlagan minglab ayollar bilan hamfikrmiz”, – deya yozdi Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.
Mavzuga oid
10:51 / 24.05.2025
S&P Global Ratings O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini «ijobiy» darajaga yaxshiladi
20:52 / 18.05.2025
Yaponiyadagi ko‘rgazmada O‘zbekiston paviloni yuz minglab mehmonlar e’tiborini tortdi - Saida Mirziyoyeva
20:35 / 16.05.2025
Saida Mirziyoyeva AQSh Senati a’zolari va biznes vakillari bilan uchrashdi
17:21 / 14.05.2025