O‘zbekiston | 13:27 / 19.08.2022
12646
1 daqiqa o‘qiladi

Yuridik texnikumlarga kirish test sinovlari 25 avgustda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda   

Yuridik texnikumlarga kirish test sinovlari 2022 yil 25 avgustda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2022/2023 o‘quv yili uchun Adliya vazirligi yuridik texnikumlariga kirish test sinovlari 2022 yil 25 avgust kuni stadion va xiyobonlarda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Yuridik texnikumlarga hujjatlarni qabul qilish 20 avgustgacha (shu kuni ham) bo‘lib o‘tadi.

O‘qishga kirish uchun hujjatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki DTM rasmiy veb-sayti (my.dtm.uz) orqali onlayn qabul qilinadi.

Mavzuga oid