O‘zbekiston | 10:57 / 22.08.2022
2339
1 daqiqa o‘qiladi

Botanika bog‘i tashrif buyuruvchilar uchun faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatadi 

Toshkent Botanika bog‘i tashrif buyuruvchilar uchun o‘z faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatadi. Bu haqda Fanlar akademiyasi xabar berdi.

Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi akademik F.N.Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘ida 2022-2023 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish uchun test sinovlari o‘tkazilmoqda. 

Shu munosabat bilan, bog‘ joriy yil 26 avgustga qadar tashrif buyuruvchilar uchun o‘z faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid