Toshkent metrosida yana texnik nosozlik yuz berdi
Bugun, 22 avgust kuni Toshkent metrosida yana texnik nosozlik yuz berdi. “Toshkent metropoliteni” DUK holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot taqdim etdi.

Qayd etilishicha, tonggi soat 05:55 da 11-sonli harakat tarkibi 2-yo‘nalish bo‘ylab «Xalqlar do‘stligi» bekatiga kirib kelgan.
Bildirilishicha, kontakt relsida kuchlanishning pasayishi oqibatida mashinist yo‘riqnomaga asosan poyezdni harakatdan to‘xtatgan.
Energiya tizimi tomonidan zaxira qurilmalari orqali kontakt relsiga yuqori kuchlanish berilgan va harakat tarkibi harakatlanishda davom etgan.
Ma’lum qilinishicha, hozirda poyezdlar harakati doimiy jadval asosida davom etmoqda.
Mavzuga oid

10:00 / 12.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?

12:22 / 11.11.2024
«O‘zbekiston» metro bekatida harakat tarkibida texnik nosozlik yuz berdi

15:33 / 18.02.2024
Samarqand va Jizzax viloyatlarida elektr tarmoqlarida yuz bergan nosozliklar bartaraf etilgani ma’lum qilindi

10:17 / 13.11.2023