O‘zbekiston | 10:56 / 23.08.2022
5028
1 daqiqa o‘qiladi

1 sentabrdan mashina uchun ishonchnomani yagona portal orqali rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yiladi

2022 yil 1 sentabrdan avtotransportni boshqarish uchun ishonchnomalarni yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yiladi. 

“Huquqiy axborot” kanalining xabar berishicha, elektron ishonchnomani notarial tasdiqlash talab etilmaydi va u YPX xodimlari tomonidan elektron tekshiriladi.

Elektron ishonchnoma uchun davlat boji ishonchnomani notarial tasdiqlash uchun belgilangan davlat bojiga (BHM 3 baravari – 900 ming so‘mga) nisbatan quyidagi foizlarda undiriladi:

  • bir oygacha bo‘lgan muddatga – 10 foiz (90 ming so‘m);
  • olti oygacha bo‘lgan muddatga – 50 foiz (450 ming so‘m);
  • uch yilgacha bo‘lgan muddatga – 100 foiz (900 ming so‘m).
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid