Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda pul evaziga tadbirkorning sexini elektr energiyasiga ulab bermoqchi bo‘lgan elektr tarmoqlari korxonasi nazoratchisi ushlandi
Jizzax shahar elektr tarmoqlari korxonasi nazoratchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departament hamda DXX Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda, Jizzax shahar elektr tarmoqlari korxonasi bo‘lim nazoratchisi S.E. “I.S.” MChJ rahbariga ishlab chiqarish sexini elektr energiyasiga ulab berish va kelgusida uning faoliyatiga rahnamolik qilib turish evaziga joriy yilning may-iyul oylarida 400 dollar va 2 million so‘mini qo‘lga kiritib, yana 3 million so‘mini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Samarqandda mayning fermasi tashkil etib, noqonuniy kriptovaluta ishlab chiqargan elektr tarmoqlari korxonasi xodimi ushlangandi.
Mavzuga oid
08:58 / 12.12.2024
Kun.uz surishtiruvidan so‘ng: “Halal Auto Leasing” firibgarlik sxemasiga nisbatan tergov boshlandi
22:25 / 20.10.2024
Firibgarlar Telegram orqali fotosurat ko‘rinishida virus yubormoqda
15:12 / 20.10.2024
O‘zini bank xodimi deb tanishtirib, fuqaroning pullarini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
08:10 / 17.10.2024