Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekneftgaz”: Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya Rossiyadagi amaliy tashrif doirasida quvur ishlab chiqarish zavodlarida bo‘ldi
“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari amaliy tashrif doirasida Rossiya Federatsiyasidagi “Trubnaya Metallurgicheskaya Kompaniya”siga qarashli ishlab chiqarish korxonalarida bo‘ldi.
Tashrif doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi boshchiligidagi delegatsiya Sverdlovsk viloyati Polevskoy shahridagi “Severskiy trubnyy zavod” (STZ) va Chelyabinskdagi “Chelyabinskiy trubnyy zavod” (ChTPZ)ga tashrif buyurdi.
“Severskiy trubnyy zavod”da delegatsiya vakillari energetika, mashinasozlik va sanoatning boshqa tarmoqlari uchun choksiz po‘lat quvurlar ishlab chiqaradigan elektr po‘lat eritish va quvur prokat sexlarining quvvatlari bilan tanishishdi.

“Chelyabinskiy trubnyy zavod”ga qilingan tashrifda katta diametrli payvandlangan quvurlarni ishlab chiqarish sexi va sexda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Ishlab chiqarish zavodlariga tashrif 2021 yilda “TMK” va “O‘zbekneftgaz” o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasini amalga oshirish doirasida tashkil etildi.
Unda tomonlar uzoq muddatli hamkorlik tamoyillari va “TMK”ning quvur mahsulotlarini amalda qo‘llashning istiqbolli yo‘nalishlarini izlash bo‘yicha hamkorlik masalalarini kelishib oldilar.

Ta’kidlash joiz, “TMK” kompaniyasi 2001 yilda tashkil etilgan bo‘lib, quvur mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha dunyoning yetakchi korxonalaridan sanaladi. Ushbu kompaniya tomonidan dunyo bozoridan farqli o‘laroq, arzon narxlarda har xil tipdagi neft va gaz sanoati quvurlarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi
17:46 / 17.02.2025
Davlatga qarashli bir qator yirik kompaniyalar yanvarda soliq to‘lashni qisqartirdi
17:51 / 27.12.2024
O‘zbekiston qanday qilib yirik gaz eksportyoridan sof importyoriga aylandi?
22:19 / 19.12.2024