O‘zbekiston | 11:41 / 23.08.2022
9846
1 daqiqa o‘qiladi

Peterburgda O‘zbekiston Interpoli tomonidan qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Sankt-Peterburgda Interpol tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2021 yil yozida bu shaxs Telegram’da guruh tuzgan va uning ishtirokchilarini ikki baravar daromad olishga qiziqtirib, firibgarlik yo‘li bilan ularni plastik kartaga pul o‘tkazishga ko‘ndirgan. Va’dasini bajarmagan bu shaxs o‘zgalar pullarini o‘zlashtirib olib, qochib ketgan.

Joriy yil iyul oyida jinoyatchi Interpol O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksi 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan. 

Axborot ta’minoti va tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida uning yashiringan joyi aniqlanib, tez orada Sankt-Peterburg shahrida qo‘lga olindi. 

Hozirda u jazoga tortilish uchun sudga topshirish maqsadida O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinishi kutilmoqda.

Mavzuga oid