“Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi” AJ maxsus maqsadli yo‘lovchi vagon va yo‘lovchi vagon turlarini kengaytirmoqda

Foto: Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi
“Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” AJ yo‘lovchi vagonlarini eksport qilish bo‘yicha hamkorlar geografiyasini kengaytirish yuzasidan muntazam ravishda ish olib bormoqda.
Joriy yil may oyida kompaniya maxsus kontingentni tashishga mo‘ljallangan 8 ta vagon tayyorlab berish bo‘yicha “Vagonservis” AJ (Qozog‘iston Respublikasi) tomonidan e’lon qilingan tenderda ishtirok etib, g‘alaba qozondi.
Bundan tashqari, 2022 yil boshida zavod tomonidan uzoq shimoldagi Yamalo–Nenetsk temir yo‘lida ekspluatatsiya qilinadigan, maxsus mo‘ljallangan 6 dona yo‘lovchi vagonlari tayyorlandi va Rossiyaning “Gazpromtrans” MChJga yetkazib berildi.
2017 yildan buyon zavod o‘zi ishlab chiqargan yo‘lovchi vagonlarini eksportga chiqara boshlagan va bugungi kunga qadar o‘z mahsulotlarini Qozog‘iston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida realizatsiya qilish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirib kelmoqda.
O‘tgan vaqt davomida zavod tomonidan eksportga umumiy qiymati 22 million AQSh dollariga teng 40 dan ziyod turli tipdagi yo‘lovchi vagonlari eksportini amalga oshirdi.
“Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” AJ Matbuot xizmati Ⓣ