Xiaomi kompaniyasining eng ishonchsiz smartfonlari ma’lum qilindi
Redmi Note 9T, 9S va 9 Pro eng yomon barmoq izlari skaneriga ega smartfonlar sifatida ro‘yxatdan joy oldi.

Foto: Xiaomi
Gizchina portali Xiaomi kompaniyasining jiddiy nuqsonlarga ega eng ishonchsiz smartfonlarini ma’lum qildi.
Ro‘yxatni Redmi Note 5, 7, 8, Xiaomi Mi A2 va Mi 6X ochib bergan. Qayd etilishicha, bu smartfonlar egalari ko‘pincha displeydagi muammolardan shikoyat qilgan. Gizchina buning sababi kompaniya sifatsiz displeylardan foydalanganligida deb yozgan.
Redmi Note 9T, 9S va 9 Pro eng yomon barmoq izlari skaneriga ega smartfonlar sifatida ro‘yxatdan joy oldi. Ma’lumot berilishicha, sifatsiz shleyf sababli bu smartfonlarda daktiloskopik skanerlar tezda ishdan chiqqan.
Ayrim Xiaomi Mi 8 egalari Wi-Fi-moduli noto‘g‘ri ishlashi bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan. Shikoyatlarga qaramasdan, bu xato to‘g‘rilanmagan.
Ro‘yxatdan shuningdek, 2020 yilda chiqarilgan Poco M3 ham joy oldi. Smartfon ma’lum muddat ishlaganidan so‘ng yonmay qolgan.
Old kamerasi bo‘rtib chiqqan Xiaomi Mi9T va Redmi K20 ham ishonchsiz telefonlar ro‘yxatiga kiritildi. Qayd etilishicha, bo‘rtib chiqqani sababli kameralar keyinchalik ishlamay qolgan.
Xiaomi Mi 9 egalari kameradan 10 daqiqadan ortiq foydalangandan so‘ng qurilma qizib ketishi bilan bog‘liq muammoga duch kelgan. Mazkur muammo bois uzoq davom etadigan videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishning imkoni bo‘lmagan.
Mavzuga oid

17:30 / 29.03.2025
Maktablarda smartfonlarni taqiqlashning o‘zi yetarli emas – tadqiqot

15:25 / 24.03.2025
Smartfonni almashtirish uchun optimal muddat ma’lum qilindi

16:47 / 19.03.2025
Xiaomi jahon bozorida fotosurat san’atini yangi cho‘qqiga olib chiquvchi Xiaomi 15 seriyasini taqdim etmoqda

12:38 / 11.03.2025