Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Riga porti «O‘zbekiston temir yo‘llari» bilan hamkorlikni kengaytiradi
Tomonlar O‘zbekistonga va undan Latviya orqali tranzitni kengaytirish ustida ish olib boradi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» Riga erkin porti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi. Bu haqda Spot nashri PortNews sanoat portaliga tayangan holda xabar berdi.
Tomonlar O‘zbekiston Transport vazirligi rahbari Ilhom Mahkamovning Latviyaga amaliy tashrifi chog‘ida kelishuvga erishdi. Mazkur kelishuv ikki davlat o‘rtasidagi transport va tranzit aloqalari salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Kompaniyalar Latviya va O‘zbekiston o‘rtasida import-eksport va tranzit yuk tashish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish ustida ish olib boradi. Tomonlar transport-logistika loyihalarini ham o‘zaro qo‘llab-quvvatlaydi.
Shuningdek, Riga porti O‘zbekiston yuk egalari va korxonalari uchun O‘TY saytida ma’lumotlarni e’lon qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. U portning ishi, xizmatlar uchun tariflar, port bilan ishlash shartlari va imtiyozlari haqida ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Riga porti direktori o‘rinbosari Martinsh Zemanis «yaqin kelajakda faol o‘zaro manfaatli hamkorlikka» umid bildirdi. Latviya tomoni iqtisodiy aloqalar va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash vazifasini qo‘ymoqda.
2022 yil boshidan Riga porti orqali O‘zbekistonga va aksincha yo‘nalishda kelayotgan yuk tashish hajmi oshib bormoqda. Yarim yil davomida port respublikadan 48,9 ming tonna yuk, jumladan, meva, o‘g‘it va plastmassalar qabul qildi. Qarama-qarshi yo‘nalishda 52 ming tonna - asosan Braziliya shakari yuborildi.
Mavzuga oid
20:23 / 29.04.2025
Bandar-Abbos portidagi portlash: qurbonlar soni ortmoqda
08:05 / 28.04.2025
Eronda portdagi portlashdan keyin milliy motam e’lon qilindi
08:10 / 15.01.2025
O‘zbekiston BAA bilan “quruq” portlar barpo etish bo‘yicha hamkorlik qiladi
15:52 / 30.12.2024