O‘zbekiston | 09:00 / 25.08.2022
6690
3 daqiqa o‘qiladi

ERIELL: Bangladesh Respublikasidagi loyihalarning yangi bosqichi

Bangladeshda ERIELL Group 2022 yilning 19 avgust kuni 1-sonli Tabgi qudug‘ini burg‘ilashni rasman boshladi. Marosimda mamlakat vazirlik va kompaniyalari vakillari ishtirok etishdi.

Foto: ERIELL Group

Neft xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalar guruhi pandemiya bilan bog‘liq 3 yillik tanaffusdan so‘ng Bangladeshda faoliyati tiklanishini shu tarzda tantanali boshladi.

Rasmiy tadbirda Bangladesh Energetika vazirligining Bosh kotibi Mahbub Hussayn, PetroBangla neft-gaz va mineral resurslarni qazib olish davlat kompaniyasi raisi Nazmul Ahsan, loyihaning Bosh buyurtmachisi - Bangladeshning Bapex davlat kompaniyasi rahbari Muhammad Ali, neft-gaz tarmog‘idagi ko‘plab xalqaro kompaniyalar va mahalliy ma’muriyat vakillari ishtirok etdi.

Mehmonlar uchun burg‘ilash maydonchasi bo‘ylab tanishtiruv sayohati ham tashkil etildi. Unda ERIELL Oilfield Services B.V. filiali direktori Erjigit Do‘stmuhamedov burg‘ilash jarayonining o‘ziga xos jihatlari, tozalash tizimining ishlashi va boshqa jarayonlar haqida so‘zlab berdi.

Ochilish marosimida Bangladesh vakillari tomonidan ERIELL Group'ga ko‘p yillik hamkorlik va Bangladesh Respublikasida oldingi 17 ta quduqni qurish jarayonida Kompaniyalar guruhi mutaxassislari ko‘rsatgan yuksak professionalizm uchun minnatdorchilik bildirildi. Qisqa vaqt ichida amalga oshirilgan hamkorlikning yangi bosqichiga tayyorgarlik ishlari samaradorligi qayd etildi.

Haqiqatan ham, burg‘ilashni boshlashga tayyorgarlik ishlarini, jumladan burg‘ilash qurilmasi va boshqa katta gabaritli va og‘ir yuklarni yetkazib berish ishlarini musson yomg‘irlari mavsumida bajarishga to‘g‘ri keldi. 1-sonli Tabgi qidiruv qudug‘i Bxola orolida joylashgan «Shaxbazpur» konida burg‘ilanmoqda. Yomg‘irlar oqimi tufayli yuvilib ketgan orolning tor yo‘llari, shuningdek, Bxola orolidagi og‘ir logistika sharoitlari, yuk va boshqa zarur vositalarni tayinlangan joyga yetkazish uchun ko‘plab texnik va muhandislik yechimlarini talab etdi. Bundan tashqari, 1-sonli Tabgi qudug‘iga boradigan yo‘lda 12 ta ko‘prik joylashgan bo‘lib, hozirgi kunda bu yerda rekonstruksiya va qurilish ishlari olib borilmoqda.

Bu sharoitlar ERIELL Group mutaxassislari uchun yangi tajriba bo‘lmoqda, ularni turli iqlim sharoitlarida ishlashga o‘rgatmoqda. Bangladesh Respublikasida uch yillik tanaffusdan so‘ng birinchi qidiruv qudug‘ini burg‘ilashning boshlanishi ushbu mamalakatda neft xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalar guruhi rivojlanishining yangi bosqisi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, ERIELL Group 2012 yilning ikkinchi yarmida Bangladesh bozoriga kirib keldi va 2013 yilning boshlarida Shrikail-3 va Titas-20 quduqlarini burg‘ilashni boshladi. Pandemiya boshlangunga qadar 17 ta quduq muvaffaqiyatli burg‘ilandi, ularning 15 tasiga sanoat gazi oqimi kelib tushgan.

ERIELL Group matbuot xizmati Ⓣ

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid