Hindiston guruch eksport qilishni kamaytirmoqchi
2022 yilda mamlakatda yog‘ingarchilik kam bo‘lgani bois sholi maydonlari 8 foizga qisqargan.

Foto: Reuters
Guruch yetkazib berish bo‘yicha dunyodagi eng yirik mamlakat – Hindiston ichki bozorda narxlar oshgani sababli bu mahsulot eksportini qisqartiradi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Bloomberg agentligi xabar berdi.
Agentlik suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, Hindiston hukumati guruchni xorijga eksport qilishni kamaytirish imkoniyatini muhokama qilmoqda.
2022 yilda mamlakatda yog‘ingarchilik kam bo‘lgani bois sholi maydonlari 8 foizga qisqardi.
Butun dunyodagi guruch eksportining 40 foizi Hindiston ulushiga to‘g‘ri keladi. Guruch eksportining kamayishi uning jahon bozoridagi narxi ko‘tarilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid

20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi

11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi

21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi

21:32 / 21.05.2025