Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belarus O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi
Minskda Belarus bank tuzilmalarining O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdagi ishtiroki masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Belarusga tashrifi chog‘ida Minsk shahrida bosh vazir o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev va Belarus taraqqiyot banki hamda «Beleksimgarant» va «Promagrolizing» agentliklari rahbariyati o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Belarus moliya institutlarining mashinasozlik, elektrotexnika, farmatsevtika va qishloq xo‘jaligi sohasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdagi ishtiroki muhokama qilindi.
Belarus taraqqiyot banki O‘zbekiston banklari bilan ishlash bo‘yicha to‘plangan tajriba hamda savdo va investitsiya loyihalarini moliyalashtirish resurslaridan foydalanib, O‘zbekiston bilan qo‘shma tashabbuslarni moliyalashtirishda ishtirok etishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Taraqqiyot banki rahbariyati, «Beleksimgarant» va «Promagrolizing» agentliklarining sentabr oyida O‘zbekiston tegishli vazirlik va idoralarida istiqbolli loyihalarni o‘rganish va muzokaralar olib borish uchun Toshkentga tashrifini tashkil etish masalasi kelishib olindi.
O‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishning nisbiy va prognoz qilinadigan barqarorligi sharoitida banklararo hamkorlikni davom ettirish muhokama qilindi.
Mavzuga oid
12:14 / 24.05.2025
G‘oyib bo‘lgan Belarus muxolifat spikeri maxsus xizmatlar bilan aloqada gumonlanyapti
19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi
20:28 / 07.05.2025
Lukashenko 8 ming mahkumga amnistiya qo‘llash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
15:06 / 01.05.2025