Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 10:09 / 27.08.2022
6075
2 daqiqa o‘qiladi
Kadastr pasportini tayyorlash qanday muddatda amalga oshirilishi aytildi
Hukumat qarori bilan tasdiqlangan «Ko‘chmas mulk obektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish» ma’muriy reglamentiga ko‘ra, kadastr pasportini tayyorlash obekt murakkabligiga qarab qator muddatlarda amalga oshiriladi.
Ular quyidagicha:
- ko‘chmas mulk obektlari turar joyga oid qismi bo‘yicha: ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha; yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha;
- ko‘chmas mulk obektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha: umumiy maydoni 100 kv m — 5 ish kunigacha; umumiy maydoni 100 kv mdan 1 000 kv mgacha — 7 ish kunigacha; umumiy maydoni 1 000 kv mdan 5 000 kv mgacha — 10 ish kunigacha; umumiy maydoni 5 000 kv mdan 15 000 kv mgacha — 15 ish kunigacha; umumiy maydoni 15 000 kv mdan 50 000 kv mgacha — 20 ish kunigacha; umumiy maydoni 50 000 kv mdan ortiq — 25 ish kunigacha;
- ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.
Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti 2 ish kuni mobaynida beriladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
21:00 / 09.12.2024
200 dollarlik fotosurat, “ish bitirgan” kurka bolalari va qo‘shmachining “tanka”si – noodatiy poralar
12:07 / 30.11.2024
Davlat kadastrlar palatasining Yangihayot tuman filiali sobiq boshlig‘i 12 yilga qamaldi
17:35 / 11.11.2024
Namanganda to‘yona ko‘rinishida pora olgan kadastr bo‘limi boshlig‘i 5 yilga qamaldi
22:21 / 01.11.2024