Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreya Buxoroda quyosh panellari yordamida issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchi moslamalar o‘rnatadi
Buxoro viloyat hokimligi delegatsiyasi Janubiy Koreyada uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Janubiy Koreyada amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi delegatsiya vakillari Naju shahridagi Power Exchange SCADA innovatsion yashil energetika markazida uchrashuv o‘tkazdi, deya xabar bermoqda “Dunyo”.
Naju shahridagi yana bir muhim obekt - NK Korea Co. LTD elektr hisoblagichlar ishlab chiqarish kompaniyasida delegatsiya a’zolari ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan yaqindan tanishdi. Kompaniya Janubiy Koreyaning elektr hisoblagichlar ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.
Buxoro viloyati hokimligi vakillari Guemchul kompaniyasida ham bo‘lib, quyosh panellari yordamida issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchi moslamalarni ko‘zdan kechirdi. Qurilmalar yordamida quyosh nuri jamlanmasidan hosil bo‘lgan energiyalar hisobidan suvni 300 gradusdan 500 gradusgacha isitish imkoniyati yaratiladi. Qurilma yordamida bir vaqtning o‘zida elektr energiyasi, issiqlik energiyasi hamda suvni isitish imkoniyati yaratiladi. Mazkur qurilmalar issiqxona xo‘jaliklari hamda ishlab chiqarish korxonalarini issiqlik energiyasi bilan ta’minlashda eng qulay va muqobil energiya quvvati hisoblanadi.
Muzokaralar chog‘ida Botir Zaripov mazkur qurilmalarni Buxoro viloyatida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tashabbusni ilgari surdi. Kompaniya rahbariyati voha iqlimi va hududda issiqlik manbaiga bo‘lgan talab yuqoriligini inobatga olgan holda mazkur loyihani Buxoro viloyatida amalga oshirishga tayyorligini hamda tez fursatda Buxoroda mazkur qurilmalarda test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirayotganini bildirdi.
Muzokaralar yakunida Buxoro viloyati hokimligi hamda Guemchul kompaniyasi o‘rtasida Buxoroda qayta tiklanuvchi energiya quvvatlari yordamida issiqlik manbaini ishlab chiqarish qurilmalari test sinovini o‘tkazish, Buxoro viloyatida xususiy sektor bilan hamkorlikda qurilmalar ishlab chiqarish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.
Mavzuga oid
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi
14:03 / 11.05.2025