Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chirchiqda oqova suv tozalash inshootini rekonstruksiya qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi
«O‘zsuvta’minot» tomonidan Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida «Toshkent viloyati 7 ta shahar va tumanlarida ichimlik va oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish» loyihasi amalga oshirilmoqda.
«O‘zsuvta’minot» AJ, Alkataş İnşaat ve Taahhut (Turkiya) qo‘shma korxonasi va Mesmer-East MChJ o‘rtasida Chirchiq shahridagi oqova suv tozalash inshootini rekonstruksiya qilish bo‘yicha qiymati 22,2 mln AQSh dollariga teng shartnoma imzolandi.
Ayni paytda oqova suv tozalash inshooti o‘rnatilgan kunlik quvvati 80 ming metr kubni tashkil etib, rekonstruksiya ishlari amalga oshirilgandan so‘ng bu ko‘rsatkich 130 ming metr kubgacha oshishi ko‘zda tutilgan.
«Toshkent viloyati 7 ta shahar va tumanlarida ichimlik va oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish» loyihasi doirasida 12,8 km yangi oqova suv tarmoqlarini tortish hamda 16 km oqova suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish ham rejalashtirilgan.
Natijada shahar aholisining markazlashgan oqova suv xizmatlari bilan qamrab olinganlik darajasi hozirgi 61 foizdan 84 foizga yetkaziladi.
Mavzuga oid
20:43 / 11.05.2025
Olimlar Mars qa’rida ulkan ko‘l borligini aniqladi
12:15 / 28.04.2025
Farg‘onada 1 maydan ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshadi
21:21 / 05.04.2025
Qozog‘iston O‘zbekistondan sug‘orish uchun 12,6 milliard kub metr suv oldi
10:06 / 04.04.2025