O‘zbekiston | 13:05 / 29.08.2022
9151
2 daqiqa o‘qiladi

Finlandiya milliy kutubxonasi fondida O‘zbekistonga oid 300 dan ortiq qo‘lyozma aniqlandi

O‘zbekistonning Finlandiyadagi elchisi Qadam Sultonov professor, qo‘lyozma sohasidagi taniqli tadqiqotchi Gulnoz Halliyeva bilan uchrashdi.

Foto: Dunyo

Gulnoz Halliyeva 1-26 avgust kunlari Finlandiyada bo‘lib, u yerda O‘zbekistonda mavjud bo‘lmagan turkiy qo‘lyozmalar Yevroturcologica.uz ma’lumotlar bazasi va elektron platformasini yaratish loyihasi doirasida O‘zbekistonga tegishli qo‘lyozmalar bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan. 

Finlandiya milliy kutubxonasida olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida o‘zbek olimi bu yerda O‘zbekiston qadimiy tarixi va madaniyatiga oid 300 dan ortiq qo‘lyozma asarlar mavjudligini aniqladi. Ulardan 11 tasi O‘zbekistonda o‘xshashi bo‘lmagan so‘fiylik lug‘atlari qo‘lyozma nusxalari, foydali o‘tlar xususiyatlari tavsifi va boshqa materiallardan iborat.

Gulnoz Halliyeva aytishicha, eng qimmatli topilmalardan biri - Munis va Ogahiyning qadimgi Xorazm tarixiga oid “Firdavs ul-iqbol” asari. Asarning 9 ta qo‘lyozmasi ma’lum bo‘lib, Finlandiyada saqlanayotgan nusxasi katta ahamiyatga ega, nashr 1812 sahifadan iborat.

Mavzuga oid