Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Braziliya shaharsozlik sohasida hamkorlik o‘rnatadi
O‘zbekistonning Braziliyadagi elchisi (qarorgohi Vashington shahrida) Javlon Vahobov Brazilia shahriga tashrifi davomida poytaxt shahar Xalqaro aloqalar ofisi direktori o‘rinbosari Emiliano Diogenes Abreu bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Uchrashuvda Braziliya vakili O‘zbekiston poytaxti bilan ikki tomonlama hamkorlikka tayyorligini bildirib, atrof-muhit, sog‘liqni saqlash, shahar boshqaruvi, energetika, transport va shaharsozlik sohalari qiziqish kasb etishini ta’kidladi.
Bundan tashqari, jamoat xavfsizligi, suv resurslari, qattiq chiqindilar, qayta tiklanadigan energiya, madaniy meros va sport kabi yo‘nalishlarda istiqbolli munosabatlar o‘rnatilishiga istak borligi ma’lum qilindi.
O‘zbekiston shaharlari bilan birodarlik aloqalarini o‘rnatish va tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish manfaatli bo‘lishi qayd etildi.
Mavzuga oid
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
19:08 / 13.05.2025
Toshkentda avtobuslar uchun yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
20:37 / 12.05.2025
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
17:27 / 05.05.2025