Prezident farmoni bilan bir guruh chet el fuqarolari mukofotlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoniga muvofiq, davlatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ta’lim, ilm-fan va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirishga qo‘shayotgan katta hissasi, yurtimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar va ulkan demokratik o‘zgarishlarni, O‘zbekiston tomonidan ilgari surilayotgan global va mintaqaviy tashabbuslarni faol qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, xalqlarimiz orasidagi do‘stlik va hamjihatlik rishtalarini tobora mustahkamlash, uzoq muddatli va keng qamrovli munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish borasidagi samarali faoliyati uchun quyidagilar «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi:
- Fuat Oktay - Turkiya Respublikasi Vitse-Prezidenti
- Manturov Denis Valentinovich - Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri
- Xolid Abdulaziz al-Falih - Saudiya Arabistoni Podshohligi Investitsiyalar vaziri
- Muhammad bin Abdulla al-Gargaviy - Birlashgan Arab Amirliklari Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri
- Lyuk Devin - Yevropa tashqi aloqalar xizmati Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktori o‘rinbosari
- Van Yanchji - Ipak Yo‘li Jamg‘armasi prezidenti – Direktorlar kengashi ijrochi direktori (Xitoy Xalq Respublikasi)
- Deniyel Rozenblyum - AQShning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi
- Guliyev Guseyn Rzagulu o‘g‘li - Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi
- Chernikova Alevtina Anatolevna - Rossiya Federatsiyasining «MISiS» milliy texnologik tadqiqotlar universiteti rektori
- Malyshev Vladimir Sergeyevich - Butunrossiya davlat kinematografiya instituti rektori
- Tregulova Zelfira Ismailovna - Tretyakov Davlat galereyasi Bosh direktori (Rossiya Federatsiyasi)
- Ziyadullayev Nabi Saidkarimovich - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy maslahatchisi
Mavzuga oid

13:12 / 03.03.2025
Donorlarga beriladigan pul mukofoti miqdori oshirildi

14:18 / 03.02.2025
Diyora Keldiyorova xalqaro dzyudo federatsiyasi tomonidan «Yil voqeiyligi» mukofotini qo‘lga kiritdi

13:45 / 29.01.2025
Hind vodiysi yozuvini o‘qiy olgan kishiga 1 mln dollar mukofot e’lon qilindi

11:38 / 25.01.2025