Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayram munosabati bilan pensiyalar kartaga oldindan yuklab beriladi
Pensiya jamg‘armasi sentabr oyi uchun pensiya va nafaqa to‘lov qaydnomalarini avgust oyida shakllantirdi hamda pensiya va nafaqa to‘lovlarini boshlash uchun yetarli mablag‘larni 1 sentabrga qadar tijorat banklariga moliyalashtirib beradi.
Jamg‘arma xabariga ko‘ra, pensiya va nafaqa to‘lovlarini naqd pulsiz (bank karta) shaklda oluvchi fuqarolar joriy yil sentabr oyi uchun pensiya va nafaqalari 2022 yil 1 sentabrga qadar ular bank plastik kartalariga yuklab beriladi.
Pensiya va nafaqa to‘lovlarini naqd shaklda oluvchi fuqarolarga joriy yil 5 sentabrdan boshlab tasdiqlangan grafiklar asosida to‘lovlar boshlanadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston davlat mustaqilligi 31 yilligini munosib nishonlash maqsadida joriy yil 1-4 sentabr kunlari dam olish kuni deb belgilangan.
Mavzuga oid
09:31 / 20.02.2025
Markaziy bank kartalar haqida yuborilayotgan SMS xabarlar bo‘yicha izoh berdi
16:58 / 19.02.2025
Pensiyani avtomatik tayinlashga o‘tilmoqda. Asosiy savollarga javoblar
00:23 / 17.02.2025
Mart va avgustdan oyliklar va pensiyalar oshishi haqidagi mish-mish rad etildi
23:17 / 13.02.2025