Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat organlari ishi ochiqlik indeksi bo‘yicha «yashil», «sariq» va «qizil» toifaga ajratiladi
29 avgust kuni Senatda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ijtimoiy ahamiyatga molik ochiq ma’lumotlarni saytlar va Ochiq ma’lumotlar portaliga joylashtirish masalalari bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.
2022 yil 1 iyuldan boshlab, ochiq e’lon qilinishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxatiga kiritilgan axborotlarni davlat organlari va tashkilotlari sayti bosh sahifasida alohida bo‘limga joylashtirilishi tartibi belgilangan.
Biroq, 2022 yil 18 iyul holatiga ko‘ra, 121 ta davlat organi va tashkiloti 37 tasi alohida bo‘limni sayt bosh sahifasida tashkil etmagani, 15 tasida alohida bo‘lim umuman tashkil etilmagani qayd etildi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlarni o‘z saytida to‘liq e’lon qilinishida bir qator jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotgani aytib o‘tildi.
Seminarda davlat organlari va tashkilotlari ochiqlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi va natijadorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi tizimi joriy etilgani haqida ma’lumot berildi.
Ochiqlik indeksi “0” balldan “100” ballgacha baholanib, davlat organlari va tashkilotlari faoliyati samaradorligi “yashil”, “sariq”, “qizil” toifalarga ajratiladi.
Mutaxassis va ekspertlaridan iborat tarkibda ochiqlikni ta’minlash sohasida ishlar samaradorligi va natijadorligini baholash komissiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Komissiya davlat organlari va tashkilotlari ochiqlik indeksini baholash natijalarini ko‘rib chiqadigan hamda ochiqlik indeksini hisoblash haqida yakuniy qaror qabul qiladigan, muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi.
Mavzuga oid
14:09 / 20.05.2025
Daraxt kesish uchun ariza berayotganlarni jamoatchilik kuzatib turadi
16:52 / 07.05.2025
Noshaffof xususiylashtirishlar. Bu yana davom etadimi?
21:57 / 26.04.2025
2024 yilning eng ochiq va eng yopiq davlat tashkilotlari ma’lum qilindi
17:32 / 04.03.2025