Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kon-metallurgiya sanoati uchun ekologik talablar o‘rnatiladi
Vazirlar Mahkamasining “Kon-metallurgiya sanoati sohasida ekologik talablarni va atrof-muhit muhofazasi me’yorlarini xalqaro standartlar asosida belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Ekologiya qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi va boshqa mas’ul davlat organlariga quyidagi vazifalar yuklatilgan:
- kon-metallurgiya sanoatida ekologik talablarni va atrof-muhit muhofazasi me’yorlarni xalqaro “yashil iqtisodiyot” maqsadlariga erishish indeksi (Global Green Growth Index) asosida jahondagi o‘nta eng yaxshi mamlakat darajasiga yetkazish;
- kon-metallurgiya sanoati korxonalarida kam chiqitli va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, tabiatni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslarni qayta tiklashda samara beruvchi faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
- kon-metallurgiya sanoati korxonalarida xalqaro standartlar asosida bosqichma-bosqich shaffof va samarali ekologik menejment tizimini joriy etishga qaratilgan eng maqbul tartibga solish siyosatini yuritish.
Kon-metallurgiya sanoati sohasida ekologik talablarni va atrof-muhit muhofazasi me’yorlarini xalqaro standartlar asosida belgilash dasturi tasdiqlangan. Dastur o‘ziga aniq chora-tadbirlarni qamrab olgan bo‘lib, unda ikkita asosiy yo‘nalish belgilangan:
- atrof-muhitga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalar ekologik talablar doirasidan oshmasligini ta’minlash;
- kon-metallurgiya sanoati korxonalarida ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib ekologik menejment tizimini joriy etish.
“Navoiy KMK”, “Olmaliq KMK” va “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatlarini 2023 yil 1 iyulga qadar xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida ularga quyidagi vazifalar yuklatilmoqda:
- Global tashabbuskorlik hisoboti hamda Atrof-muhit, ijtimoiy va boshqaruv tartibi asosida uzoq muddatli ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish strategiyasini ishlab chiqish;
- “yashil mahsulot” ishlab chiqarishni kengaytirish;
- tadqiqotlar, hamkorlik kelishuvlari va innovatsion yechimlar orqali bioxilma-xillikka salbiy ta’sir oldini olish va kamaytirish;
- suvni tejash maqsadida aylanma suvlardan keng foydalanish ishlarini jadallashtirish va u bilan bog‘liq muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish;
- atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarishni keskin kamaytirishga erishish.
Mavzuga oid
09:24 / 18.05.2025
Mutaxassis Toshkentda kuzatilgan chang bo‘roni sabablarini ma’lum qildi
19:01 / 05.04.2025
“Har qanday loyihani, albatta, ekologik ekspertizadan o‘tkazamiz” – ekologiya vaziri AES haqida
23:14 / 03.04.2025
Ukraina Rossiya bosqini oqibatida yetkazilgan ekologik zararni 85 mlrd dollarga baholadi
12:46 / 29.03.2025