Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda avtomobilga qulf ilib ketish bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha bir kishi ushlandi
Toshkentda avtomobil bilan bog‘liq firibgarlikning yangi turi paydo bo‘lgani haqida xabar tarqalgandi. Internetda avtomobil eshigi ushlagichiga qulf ilingani va unga xat qistirilgani aks etgan foto hamda videolar tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Foto: IIBB axborot xizmati
Ularga ko‘ra, avtomobilga qulf ilib ketilib, ma’lum bir kartaga pul tashlansa, kod aytilishi va qulf ochilishi, shu orqali pul olinayotgani aytilgan.
Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida, ushbu harakatlarni sodir etganlikda gumondor 29 yoshli M.A. ushlandi. Xolislar ishtirokida uning yonidan ikki dona kodli qulflar topilib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
IIBB xabariga ko‘ra, suhbat davomida u internetda shunday “pul ishlash” usulini ko‘rib, undan foydalanishga qaror qilganini aytgan.
Rejaga ko‘ra, u qulfni avtomashina eshigi ushlagichiga osib, haydovchiga qulfni ochish uchun kod raqamini sotib olish taklifi yozilgan xat qoldirgan. Ko‘rsatilgan hisob raqamiga pul mablag‘lari kelib tushgandan so‘ng, qulf kodini yuborishi kerak bo‘lgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotgani, uning natijalariga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi aytilgan.
Mavzuga oid

08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi

16:35 / 23.05.2025
Piskentdagi avtopoligondan sertifikat olishning «navbatsiz» yo‘llari ham bormi?

20:40 / 12.05.2025
O‘zbekistonga avtomobil importi 3 barobarga quladi

09:32 / 09.05.2025