Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 sentabrdan mashinada yo‘lovchi tashish faoliyati o‘zini o‘zi band qilish hisoblanadi
2022 yil 1 sentabrdan yengil avtotransportda yo‘lovchi tashish faoliyati o‘zini o‘zi band qilish hisoblanadi.
«Avtotransport vositalarini boshqarishda va yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish to‘g‘risida»gi prezident qarori qaroriga asosan 2022 yil 1 sentabrdan 2024 yil oxirigacha 4 tadan ko‘p bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega transportlarda yo‘lovchi tashish o‘zini o‘zi band qilish deb qaraladi va ushbu faoliyat litsenziya varaqasi asosida amalga oshiriladi.
Lisenziya varaqasi berishda avtomobil ekspluatatsiya davriga qo‘yilgan talab bekor qilinadi. Yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati bilan shug‘ullanadigan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar bir yilda bir marotaba transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazishi shart.
Yo‘nalishsiz taksi faoliyati uchun litsenziya varaqasi berilgani uchun davlat boji barcha turdagi tashuvchilardan yiliga bazaviy hisoblash miqdori bir barobari miqdorida undiriladi. Bunda davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi.
Mavzuga oid
08:38 / 02.05.2025
Toshkentda tumanida ikkita mashina yonib ketdi
09:38 / 16.04.2025
Piskentda avtomobil salonida qisilib qolgan haydovchi qutqarildi
08:18 / 31.03.2025
Uysiz erkak jinlarni haydayman deb, mashinani pachoq qildi
15:20 / 14.03.2025