Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada 15 nafar o‘zbekistonlikning ish haqi undirib berildi
Rossiya poytaxtidagi “Elektro Siti Svet” qurilish korxonasida ishlayotgan 15 nafar fuqaroning may, iyun, iyul oylari uchun ish haqi to‘lanmagani haqida murojaat kelib tushgan, deb xabar bermoqda Migratsiya agentligi.
Murojaat yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi negizidagi Mehnat migrantlari murojaatlari bilan ishlash va ularga huquqiy ko‘maklashish markazi xodimlari ish beruvchi bilan muzokara o‘tkazdi. Natijada, fuqarolarning 1,5 oy uchun (may oyi to‘liq va iyun oyi yarimi) 1 million 50 ming rubl ish haqi undirib berildi.
Ish beruvchi qolgan qarzdorlikni joriy yil 10 sentabriga qadar to‘lab berishini va’da qildi. Ayni paytda fuqarolar ushbu korxonada mehnat faoliyatini amalga oshirmoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025