O‘zbekiston | 09:14 / 01.09.2022
1829
2 daqiqa o‘qiladi

Oqova suv tarmog‘iga me’yoridan ortiq ifloslangan suvni oqizganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladi

“Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalar yo‘l qo‘yiladigan darajadan ortiq bo‘lgan oqova suvlarni oqova suv chiqarib yuborish tarmoqlariga oqizish borasida mas’uliyatni yanada oshirish va bu borada jinoiy javobgarlikni joriy etish taklif etilmoqda.

Jinoyat kodeksi 196-1-modda bilan to‘ldiriladi. Unda oqova suv chiqarib yuborish tarmoqlariga me’yoridan ortiq ifloslangan oqova suvlarni oqizganlik uchun jazo choralari ko‘zda tutilgan.

Xususan, ancha miqdor va undan ko‘p kompensatsiya hisoblashga sabab bo‘luvchi tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalar yo‘l qo‘yiladigan darajadan ortiq bo‘lgan oqova suvlarni oqova suv chiqarib yuborish tarmoqlariga oqizish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa bazaviy hisoblash miqdori 10 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima yoki 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Mavzuga oid