Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Pokistonga insonparvarlik yordami jo‘natdi
Aholisi musson yomg‘irlari oqibatida suv toshqinlaridan aziyat chekkan Pokistonga yordam ko‘rsatish maqsadida bugun Toshkentdan ushbu mamlakatga insonparvarlik yuki jo‘natildi, deb xabar bermoqda "Dunyo".
Pokistonga harbiy havo transporti orqali qariyb 40 tonna yuk yetkaziladi. Insonparvarlik yuki tarkibiga oziq-ovqat mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, un, guruch, go‘sht konservalari, qandolat va makaron mahsulotlari, to‘qimachilik mahsulotlari va boshqa tovarlar kiritilgan.
So‘nggi bir necha hafta ichida Pokistonda musson yomg‘irlari va suv toshqinlari 30 milliondan ortiq kishining kundalik hayotini izdan chiqargan. Mamlakat g‘arbi va janubidagi Balujiston va Sind provinsiyalari eng ko‘p zarar ko‘rgan. Yuz minglab odamlar boshpanasiz qolgan.
Ommaviy axborot vositalari xabarlariga ko‘ra, Pokiston dunyo hamjamiyatiga yordam so‘rab murojaat qilgan. Kuchli yomg‘ir va keng ko‘lamli toshqinlar natijasida 1000 dan ortiq odam vafot etgan.
Mavzuga oid
21:17 / 24.05.2025
“Mudofaamizga yana tahdid yuzaga kelsa, jim o‘tirmaymiz” – Pokiston elchisi bilan suhbat
00:15 / 20.05.2025
Hindistonda Pokiston foydasiga josuslik qilishda gumonlangan 9 kishi ushlandi
22:12 / 15.05.2025
Pokiston va Hindiston sulhni 18 mayga qadar uzaytirdi
17:40 / 13.05.2025