Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haydovchilarni tayyorlovchi tashkilotlar reytingini aniqlash yo‘lga qo‘yildi
2022 yil haydovchilarni tayyorlovchi ta’lim tashkilotlari reytingini aniqlash tartibi yo‘lga qo‘yildi.
Hukumat qarori bilan avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ular malakasini oshirishni amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlari reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Reyting baholash quyidagi ko‘rsatkich (indikator)lar asosida amalga oshiriladi:
- ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihon natijalari;
- ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgandan keyin, yil yakunigacha yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik hollaridagi jarima ballari;
- yil yakunigacha qonuniy kuchga kirgan sud qaroriga asosan ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari aybi bilan sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari soni;
- ta’lim tashkilotlarida to‘liq shtatda faoliyat yuritadigan oliy ma’lumotga yoki ilmiy darajaga ega o‘qituvchilar soni to‘g‘risida ma’lumotlar.
Ta’lim tashkilotlari reytingini baholash ko‘rsatkich (indikator)lar asosida Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati amalga oshiriladi. Reyting natijalari har yili 25 yanvarda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi.
Nizom 2022 yil 1 sentabrdan e’tiboran kuchga kirdi.
Mavzuga oid
19:49 / 27.05.2025
O‘zbekiston eng tinch davlatlar reytingida 60-o‘rinni egalladi
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
08:34 / 17.05.2025
Toshkentda 96 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan haydovchi aniqlandi
20:13 / 16.05.2025