Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamshid Xo‘jayev Moskvaga bordi
Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari Aleksey Overchuk O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Rossiya hukumati matbuot xizmati xabariga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Rossiya uchun tomonlarni qiziqtirgan savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
«Markaziy Osiyo mintaqasida sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish, sanoat sohasida kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash va xalqaro transport-logistika kommunikatsiyalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi sheriklik strategik xususiyatga ega ekani, mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning barcha yo‘nalishlari izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi», — deyiladi xabarda.
Uchrashuvda Aleksey Overchuk ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashning ijobiy dinamikasini qayd etdi. 2022 yilning birinchi yarmida mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2021 yilning shu davriga nisbatan 39 foizga oshdi. Eksport 41 foizga, import 35 foizga ortdi. Sarmoyaviy hamkorlik, jumladan, O‘zbekiston sanoat va energetika sohalarida amalga oshirilgan loyihalar yuqori sur’atlarda rivojlanayotgani qayd etildi.
Bundan tashqari, tomonlar O‘zbekistonda soliq ma’muriyatchiligi va kadastr baholash tizimlarini takomillashtirishda texnik ko‘mak ko‘rsatish loyihalari hamda o‘zaro savdoni amalga oshirishda bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish natijalarini muhokama qildi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
14:35 / 08.05.2025