Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Respublika agrokimyoviy tahlil markazi 1 mln dollarlik uskunalar bilan jihozlanadi
Prezidentning “Mahalliy mahsulotlarni xalqaro talablarga muvofiqlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘simliklar karantini agentligi bilan birgalikda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida amalga oshirilayotgan:
“O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan respublika agrokimyoviy tahlil markazini 1 mln AQSh dollari qiymatiga teng asbob-uskunalar bilan jihozlash choralarini ko‘radi;
“O‘zbekistonda meva-sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirish” loyihasi iqtisod qilingan mablag‘lari hisobidan respublika agrokimyoviy tahlil markazi 13 ta hududiy filialini 11,4 mln AQSh dollari qiymatiga teng zamonaviy laboratoriya asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlaydi.
Veterinariya qo‘mitasi 2022 yil 1 noyabrga qadar laboratoriya tekshiruvlari yagona elektron ma’lumotlar bazasi axborot tizimini ishga tushiradi.
Sanitariya-epidemiologik va jamoat salomatligi xizmati manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
a) bir oy muddatda eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va eksport salohiyatini oshirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati markaziy va quyi bo‘g‘in faoliyatini yo‘lga qo‘yadi;
b) 2023 yil 1 yanvarga qadar:
“Oziq-ovqat mahsuloti sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi yangi tahriri va “Oziq-ovqat mahsuloti xavfsizligi to‘g‘risida”gi texnik reglament loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Toshkent shahrida – 2 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Namangan viloyatida – 1 tadan laboratoriya majmualarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish choralarini ko‘radi;
v) 2024 yil 1 yanvarga qadar respublika bo‘yicha 10 ta laboratoriya majmualarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish choralarini ko‘radi;
g) 2022 yil 30 oktyabrga qadar Sanitariya-epidemiologik va jamoat salomatligi xizmati bazasida kadrlarning kasbiy malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazini tashkil etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Mavzuga oid
11:27 / 27.04.2024
O‘zbekistonda xorijiy kompaniyalarning xavfsizlik uskunalari ishlab chiqarilishi mumkin
07:16 / 22.09.2023
Respublikaga keltirilayotgan ba’zi asbob-uskunalar boj va QQSdan ozod etildi
15:09 / 07.06.2021
O‘zbekistonga import qilishda bojxona boji va QQSdan ozod etiladigan asbob-uskunalar ro‘yxati tasdiqlandi
11:56 / 01.04.2021