O‘zbekiston | 09:52 / 03.09.2022
30562
2 daqiqa o‘qiladi

«Zagranpasport» uchun taqdim etilishi lozim bo‘lgan ma’lumotnomalar soni qisqartirildi

Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishda qanday qulayliklar mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportini olish bo‘yicha eksterritorial tamoyil asosida istalgan Davlat xizmatlari markazi yoki ichki ishlar organlariga murojaat qilishi mumkin.

Qog‘oz ko‘rinishidagi ariza-anketani to‘ldirish amaliyotidan to‘liq voz kechilib, faqatgina elektron so‘rovnoma to‘ldirish mexanizmi joriy etilgan.

Ayrim murakkab hollarda xizmat oluvchilar tomonidan taqdim etilishi lozim bo‘lgan qator ma’lumotnoma va spravkalar qisqartirildi.

Xususan, 18-27 yoshdagi harbiy xizmatga majburlar uchun – harbiy guvohnoma yoki chaqiruv uchastkasida qayd etilgani haqidagi guvohnoma nusxasini taqdim etish talabi bekor qilingan.

Voyaga yetmagan shaxslarga pasport olish uchun ota-onalar birgalikda murojaat qilgan hollarda, ulardan notarial tasdiqlangan rozilikni talab qilinmaydi.

Davlat xizmatini ko‘rsatish tegishli bosqichlari avtomatik ravishda sms-xabar yo‘llash orqali xabardor qilib boriladi, shuningdek Yagona portal yoki Davlat personallashtirish markazi sayti orqali tekshirib olish imkoniyati yaratiladi.

Voyaga yetmagan shaxslarga xorijga chiqish pasporti berishda ushbu voyaga yetmagan hamrohlik qiluvchisi otasi va (yoki) onasi bo‘lsa, ulardan hamrohlik qiluvchi notarial tasdiqlangan majburiyati talab etilmaydi.

Mavzuga oid