Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston TIV Afg‘onistondagi masjidda sodir etilgan terrorchilik harakatini qat’iy qoraladi
O‘zbekiston TIV Afg‘onistonning Hirot shahrida tinch aholi orasida ko‘plab insonlarning qurbon bo‘lishi va jarohatlanishiga sabab bo‘lgan teraktni qat’iy qoraladi.
«Bu kabi qabih harakatlar Afg‘onistondagi vaziyatning keskinlashishiga olib kelishi barobarida, mamlakatda uzoq muddatli va barqaror tinchlik hamda milliy totuvlikning o‘rnatilishiga to‘sqinlik qiladi.
Halok bo‘lganlarining oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jabrlanganlarning sog‘ayib ketishini tilaymiz», — deyiladi vazirlik bayonotida.
Afg‘onistonning Hirot shahridagi «Guzargoh» masjidida 2 sentabr kuni juma namozi paytida terrorchilik harakati sodir etilgandi. Hujum natijasida 29 kishi halok bo‘lib, o‘nlab kishilar jarohatlangan. Terakt IShID tarafdorlari tomonidan amalga oshirilgan.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025