Farg‘ona va Rishton tumanlarida yer maydonlarini noqonuniy sotayotganlar qo‘lga olindi
Farg‘ona tumanida 22 gektar ekin yer maydonini intensiv bog‘ tashkil etish uchun olib berish evaziga 68 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro A.F. va boshqalar tadbirkor A.ning ishonchiga kirib, unga Farg‘ona tumani “Qo‘rg‘ontepa” MFY hududidan 22 gektar ekin yer maydonini intensiv bog‘ tashkil etish uchun olib berish evaziga 68 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritgani aniqlanib, ushbu olgan pullari hisobidan 500 AQSh dollarini qaytargani protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Bundan tashqari, A.F. boshqa bir fuqaro D.ga Farg‘ona tumanidan 10 gektar ekin yer maydoni olib berish evaziga 10 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, shundan 5 700 AQSh dollarini qaytarmasdan kelayotgani aniqlangan.
Shu kabi Rishton tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro R.M. va boshqalar “D.” fermer xo‘jaligiga qarashli 10 sotix ekin yer maydonini hujjatlarni soxtalashtirish orqali fuqaro J.ning nomiga turar joy sifatida kadastr yig‘majildi rasmiylashtirib bergani aniqlangan.
Shuningdek, R.M. fuqarolar B. va A.ning ishonchiga kirib, ularga tanishlari yordamida tuman hududidan uy-joy qurish uchun yer maydoni ajratib berish evaziga 100 mln so‘m va 6 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Qashqadaryoda daryo muhofazasidagi 20 sotix yerni 20 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
10:19 / 08.11.2024
“Tanish-bilish o‘tmaydi” – Kadastr agentligi direktori yerga egalik huquqini olishda firibgarlarga aldanmaslikka chaqirdi
20:28 / 01.11.2024
Fermer endi yerga ijara huquqini sotishi mumkin – savollarga javoblar
14:20 / 24.10.2024