Sallivan AQSh elchisi sifatidagi faoliyatini yakunlab, Rossiyani tark etdi
Jon Sallivanning o‘rniga yangi elchi kelguniga qadar Elizabet Rud AQShning Moskvadagi elchixonasida muvaqqat ishlar vakili sifatida ishlaydi.
AQShning Rossiyadagi elchisi Jon Sallivan AQSh elchisi sifatidagi faoliyatini yakunlab, 4 sentabr, yakshanba kuni Moskvadan jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda AQShning Rossiyadagi elchixonasi sayti.
Sallivan 2019 yil dekabrida AQShning Rossiyadagi elchisi etib tayinlangan edi.
Qayd etilishicha, Jon Sallivan Moskvani tark etgach, qirq yillik davlat xizmatidagi faoliyatini yakunlaydi, bu davrda u AQShning beshta prezidenti davrida ishlagan va shu qatorda AQSh davlat kotibi o‘rinbosari, Adliya, Mudofaa va Savdo vazirliklarida yuqori lavozimlarni egallagan.
Elchi Sallivanning o‘rniga yangi amaldor kelguniga qadar Elizabet Rud AQShning Moskvadagi elchixonasida muvaqqat ishlar vakili sifatida ishlaydi.
2022 yil iyun oyida TASS Rossiya davlat axborot agentligiga bergan intervyusida Jon Sallivan AQSh va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarda Ukrainadagi urush sabab jiddiy ishonch yo‘qotilishini ta’kidladi va bu qancha davom etishi mumkinligi haqidagi savolga javob berishga qiynaldi.
«Meni eng ko‘p ishonchning yo‘qolishi xavotirga solyapti. Rossiya hukumati bizni bosqin rejasi yo‘qligiga ishontirdi. Rossiya hukumatining yuqori martabali vakillaridan hech qanday bosqin bo‘lmaydi, hammasi rusofobiya, degan gaplarni eshitdik. Amerika isteriyasi va hokazoni... Rossiyaning yuqori martabali amaldorlari bunday rejalar yo‘qligini aytishdi. Rejalar yo‘q. Ya’ni, Rossiya buni nafaqat qilmoqchi emas, hatto bunday rejalari ham yo‘q edi. Ammo hozir bilamizki, bu noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi, chunki 24 fevral kuni sodir bo‘lgan voqea yaxshi rejalashtirilgan va uyushtirilgan bo‘lgani aniq», - dedi Sallivan.
Shu bilan birga, diplomat Moskva va Vashington o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanishiga ishonch bildirdi, ammo bu tez orada sodir bo‘lmasligi aytildi.
Mart oyida AQSh prezidenti Jo Bayden rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinni avvaliga «harbiy jinoyatchi», keyinroq «o‘limga olib keluvchi diktator» va «bandit» deb atagani uchun Sallivan Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan edi. Smolenskaya maydonida o‘sha paytda «Amerika prezidentining bunday yuqori martabali davlat arbobiga noloyiq bayonotlari Rossiya-Amerika munosabatlarini buzishi olib kelishi» ta’kidladi.
Mavzuga oid
19:21
FT: Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi. Ular shartnoma imzolashga majburlanmoqda
15:06
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi - Reuters
00:35
«Yevropadagi istalgan nishonni yo‘q qila oladi» – Putin «Oreshnik» yaratuvchilari bilan uchrashdi
23:13 / 23.11.2024