O‘zbekiston | 19:00 / 05.09.2022
8642
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada inflatsiya ko‘rsatkichi 80 foizdan oshdi

Istanbulda narxlar bir yil ichida qariyb 100 foizga o‘sdi.

Foto: AP

Turkiyada avgust oyida inflatsiya ko‘rsatkichi 80,21 foizni tashkil etdi, deb xabar berdi mamlakat statistika instituti.

Oxirgi marta inflatsiya ko‘rsatkichi 1998 yilda 84,64 foizga yetgandi, deb qayd etdi Bloomberg.

Turkiyaning eng boy shahri Istanbulda narxlar bir yil ichida qariyb 100 foizga o‘sdi. Oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘sishi 90,3, energetika sohasidagi inflatsiya 121,7 foizni tashkil etdi.

Bloomberg Economics iqtisodchisi Selva Bahar Bazikining fikricha, inflatsiya yanada o‘sadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, oktyabrda inflatsiya darajasi eng yuqori nuqtaga yetadi, yil oxiriga borib 69 foizgacha tushadi.

Goldman Sachs taxminiga ko‘ra esa, Turkiyada oktyabr va noyabrda inflatsiya 90 foizdan oshadi, so‘ngra 75 foizgacha pasayadi.

Mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘tgan haftada inflatsiya yil boshida pasayishini va’da qilib, aholidan sabr qilish va qo‘llab-quvvatlashni so‘radi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid