Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yil yakuniga qadar yana 20 ming gektar ekin maydoni aholiga bo‘lib beriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash va zaxirasini yaratish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
“Iqlimning keskin o‘zgarayotgani, ko‘p davlatlarda qurg‘oqchilik bo‘lgani oqibatida butun dunyoga oziq-ovqat yetishmovchiligi xavf solmoqda. Xalqaro maydondagi vaziyat tufayli global ishlab chiqarish zanjirlarining uzilishi, logistikadagi muammolar sababli ko‘pchilik davlatlar oziq-ovqat mahsulotlari eksportiga cheklovlar qo‘yayotganini ham ko‘rib turibsizlar.
Viloyat, tuman va shahar hokimlari bunday sharoitda o‘z hududida ichki talabni to‘liq ta’minlash va eksportni oshirish bo‘yicha imkoniyatlarini hisob-kitob qilishi shart. Lekin, hali ko‘p hokimlar buni tushunib yetmayapti”, dedi davlat rahbari.
Bu yil 80 ming gektar maydon paxta va g‘alladan qisqartirilib, aholiga bo‘lib berildi. Bugun imzolangan prezident qaroriga ko‘ra yil yakuniga qadar yana 20 ming gektar ekin maydoni aholiga bo‘lib beriladi. Kelgusi yilda 100 ming gektar ekin maydoni aholiga tanlov asosida ajratiladi. Buning hisobiga, 1 million 200 ming nafar aholini band qilish uchun sharoit yaratiladi.
Mavzuga oid
13:31 / 10.04.2025
Malayziya O‘zbekistondan qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishga qiziqish bildirmoqda
21:15 / 09.04.2025
AQSh qashshoq mamlakatlar uchun ilgari yopilgan bir nechta oziq-ovqat dasturlarini tiklaydi
22:20 / 11.02.2025
“Oziqovqatsanoat” uyushmasi faoliyati tiklanishi mumkin
12:20 / 04.02.2025