Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekologik talablarga javob bermaydigan 29 ta chiqindi poligoni yopiladi
2023–2024 yillarda qattiq maishiy chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish bo‘yicha manzilli dastur tasdiqlandi.
Prezidentning “Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish va aholi punktlarida tozalikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”qaroriga muvofiq, 2023–2024 yillarda qattiq maishiy chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish bo‘yicha manzilli dastur tasdiqlandi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2023–2024 yillarda 190 gektardan ortiq maydondagi ekologik talablarga javob bermaydigan 29 ta chiqindi poligonlari yopiladi.
Manzilli dastur doirasida:
- Davlat ekologiya qo‘mitasi maishiy chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish ishlariga buyurtmachi hisoblanadi;
- xarajatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlari hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan teng miqdorda moliyalashtiriladi;
- rekultivatsiya qilingan hududlar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yer zaxiralariga qaytariladi.
Bugungi kunda respublika hududida 1 000 ga yer maydoniga yaqin 197 ta maishiy chiqindi poligonlari mavjud bo‘lib, ular faoliyatini 2028 yilgacha to‘xtatish belgilangan.
Mavzuga oid
11:08 / 14.04.2025
Birminghemda chiqindi yig‘uvchilarning ish tashlashi: hukumat qo‘shinlarni jalb qildi
23:07 / 02.04.2025
Germaniyada chiqindini kim noto‘g‘ri saralayotganini aniqlashda sun’iy intellektdan foydalanish boshlandi
15:11 / 26.03.2025
Toshkentga 6 mingga yaqin chiqindi qutilari yetishmaydi - Ekologiya boshqarmasi
09:41 / 26.03.2025