Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh haytek-kompaniyalarga 10 yil davomida Xitoyda yangi zavodlar qurishni taqiqladi
Qo‘llab-quvvatlash dasturi asosida yordam olayotgan kompaniyalarga bu mablag‘lardan Xitoyga investitsiya kiritish uchun foydalanish taqiqlanadi.
AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati federal moliyalashtiriladigan kompaniyalarga 10 yil davomida Xitoyda yangi zavodlar qurish taqiqlanishini bildirdi.
Ushbu taqiq yarimo‘tkazgich sanoatini rivojlantirishga qaratilgan qiymati 50 milliard dollarlik rejaning bir qismi hisoblanadi.
Amerika korporatsiyalari Xitoydagi ishlab chiqaruvchilarga qaramlikni kamaytirish uchun davlat ularni ko‘proq qo‘llab-quvvatlashini talab qilmoqda.
Ular global mikrochip tanqisligiga duch kelgan.
AQSh savdo vaziri Jina Raymondoning so‘zlariga ko‘ra, davlat qo‘llab-quvvatlash dasturi asosida yordam olayotgan kompaniyalarga bu mablag‘lardan Xitoyga investitsiya kiritish uchun foydalanish taqiqlanadi.
Avgust oyida AQSh prezidenti Jo Bayden yuqori texnologiyali ishlab chiqarish va ilmiy tadqiqotlar uchun 280 milliard dollar ajratilishi to‘g‘risidagi qonunni imzolagandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025