Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoro va Sharja hamda Al-Ayn va Farg‘ona o‘rtasida birodarlik aloqalari o‘rnatiladi
O‘zbekiston va BAA o‘rtasida madaniy-gumanitar va ta’lim sohasidagi hamkorlik kengaytiriladi.
O‘zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasida Sharja amirligida joylashgan Madaniy diplomatiya xalqaro instituti kuzatuv kengashi raisi doktor Yusuf Esa Xassan Alsabri bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Muloqot chog‘ida ta’lim, madaniyat va ijtimoiy yo‘nalish boshqa sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida BAA tomoni institut imkoniyatlariga to‘xtalib, O‘zbekiston bilan madaniy-gumanitar sohada hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taklif etdi.
Yusuf Alsabri Sharja amirligining amirliklar ichida ilm-fanga, diniy bag‘rikenglikni ta’minlashga hamda islom tarixini o‘rganishga moyilligini, ko‘plab muzeylar va ilmiy markazlar mavjudligini inobatga olib, amirlik va O‘zbekiston hududlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
O‘z navbatida, Buxoro va Sharja shaharlari hamda BAA Al-Ayn shahri va O‘zbekistonning Farg‘ona shahri o‘rtasida birodarlik aloqalarini o‘rnatish rejalashtirilgani ham bildirildi.
Uchrashuv yakunida mazkur taklif ustida birga ish olib borishga, Sharja va Al Ayn shaharlari hokimligi bilan uchrashuvlar tashkil etib, tegishli delegatsiya O‘zbekistonga safarini birgalikda ishlab chiqishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025