Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oziq-ovqat ishlab chiqarish loyihalari bilan bog‘liq xarajatlar bir qismi qoplab beriladi
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar bir qismini qoplab berish bo‘yicha subsidiya Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasi hisobidan ajratiladi.
Ular quyidagicha miqdorlarda bo‘ladi:
- yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalar texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlar 50 foizi, lekin har bir loyiha uchun 100 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
- yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalar infratuzilmasini yaratish bilan bog‘liq xarajatlar 50 foizi, lekin har bir loyiha uchun 100 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
- oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish va chuqur qayta ishlash sohasiga xorijiy ekspertlarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlar 50 foizi, lekin har bir loyiha uchun 50 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.
Loyiha tashabbuskorlari subsidiya olish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyat yoki Toshkent shahar Qishloq xo‘jaligi boshqarmalariga arizalarni yozma yoki elektron shaklda taqdim etadi.
Mavzuga oid
13:31 / 10.04.2025
Malayziya O‘zbekistondan qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishga qiziqish bildirmoqda
21:15 / 09.04.2025
AQSh qashshoq mamlakatlar uchun ilgari yopilgan bir nechta oziq-ovqat dasturlarini tiklaydi
22:20 / 11.02.2025
“Oziqovqatsanoat” uyushmasi faoliyati tiklanishi mumkin
12:20 / 04.02.2025