Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hududlarda tadbirkorlik rivojlanganlik darajasini baholash tartibi o‘zgardi
Vazirlar Mahkamasining “Respublika hududlarida tadbirkorlik rivojlanganlik darajasini baholash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Business Indicator tizimi «Yagona davlat nazorati» tizimi bilan integratsiya qilinadi. Tadbirkorlik faoliyati erkinligi indeksi baholash natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar belgilangan tartibda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida e’lon qilinadi.
Prezident farmoni bilan 2022 yildan boshlab tadbirkorlik sub’yektlariga ma’muriy bosim darajasini aniqlash va yengillashtirish, huquqbuzarliklar oldini olishga qaratilgan Tadbirkorlik faoliyati erkinligi indeksi joriy etilgan.
Indeks tadbirkorlik sub’yektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan «Yagona davlat nazorati» axborot tizimi orqali tekshiruv natijalari asosliligi hamda qonuniyligi, profilaktik tadbirlar va tekshiruvlar mutanosibligi, tadbirkorlar tekshiruv natijalaridan qoniqish darajasi kabi ko‘rsatkichlar asosida tuziladi.
Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasi qarorida tasdiqlangan respublika hududlarida tadbirkorlik rivojlanganlik darajasini baholash tartibi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Indeksni shakllantirishda, tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshirishga oid quyidagi qo‘shimcha ko‘rsatkichlar inobatga olinadi: tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshirish qonuniyligi; nazorat qiluvchi organlar tekshirish o‘tkazish haqidagi arizalari asosliligi; tekshirishlarni tadbirkorlik sub’yektlarini ogohlantirish bilan yakunlash darajasi; tekshiruvchi mansabdor shaxslar professionallik darajasi.
Mavzuga oid
14:44 / 21.05.2025
Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi nima bilan shug‘ullanadi?
13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi
16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda
16:23 / 30.04.2025