Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbek mutaxassislari Italiyada o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha tajriba oshiradi
O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatiladi.
O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasi tomonidan Italiya Milliy tadqiqotlar kengashi O‘simliklarni barqaror himoya qilish instituti direktori Mauro Chentritto va O‘zbekiston o‘simliklar himoyasi va karantini ilmiy-tadqiqot instituti direktori Azim Anorboyev o‘rtasida video-aloqa vositasida uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Ikki davlat o‘rtasida o‘simliklarni himoya qilish borasida hamkorlik ilmiy va amaliy jihatdan yuqori istiqbolga ega ekanligi alohida qayd etildi. Bu borada o‘simlik zararkunandalari xavfini tahlil qilish, fitosanitariya xatarlarini boshqarish, o‘simliklarni himoya qilish turli yo‘nalishlari bo‘yicha yo‘riqnomalar tayyorlash, ekologik toza kimyoviy moddalarni qo‘llash orqali o‘simliklarni samarali zararsizlantirish usullarini ishlab chiqish, zararkunandalarga qarshi kurash biologik usullarini ishlab chiqish hamda urug‘lik va ekish materiallari sifatini yaxshilash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish borasida o‘zaro hamkorlik qilish maqsadga muvofiq ekani bildirildi.
Muzokaralar chog‘ida Italiyada o‘zbek mutaxassislari va ekspertlari o‘simliklarni himoya qilish va karantin bo‘yicha bilim va tajribasini oshirishda amaliy yordam berishga tayyorlik ma’lum qilindi. Ushbu masalalar yuzasidan tomonlar yaqin muddat ichida anglashuv memorandumini ishlab chiqish va imzolashga kelishib oldi.
Italiya Milliy tadqiqotlar kengashi O‘simliklarni himoya qilish instituti 1962 yilda tashkil topgan bo‘lib, qishloq va o‘rmon xo‘jaligida zararkunandalarga qarshi kurash va o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Institut Turin, Florensiya va Barida 6 ta ilmiy tadqiqot markaziga ega. Ushbu oliy ta’lim muassasasida 200 nafardan ziyod ilmiy xodim faoliyat ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi
08:50 / 16.05.2025