Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi ustav kapitali 1 mlrd dollarga yetkaziladi
To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi MChJga aylantirildi.
“O‘zbekiston To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
“To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi boshqaruv kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati ustav kapitali 100 million AQSh dollariga teng “O‘zbekiston To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi” MChJ shaklidagi investitsiya kompaniyasi sifatida qayta tashkil qilindi.
Investitsiya kompaniyasi ustav kapitali 1 milliard AQSh dollariga yetkaziladi. Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri investitsiya kompaniyasi kuzatuv kengashi raisi hisoblanadi.
Investitsiya kompaniyasi investitsiyalarni quyidagi usullar bilan jalb qiladi:
- kredit (qarz) olish va investitsiya kompaniyasi ustav kapitaliga investorlar pul mablag‘larini jalb qilish;
- yuridik shaxslarni tashkil etish yoki ular ustav fondlarida (ustav kapitalida), jumladan mol-mulk sotib olish yo‘li bilan ishtirok etish;
- yirik institutsional va strategik investorlar bilan hamkorlik o‘rnatish, jumladan nufuzli xalqaro moliya markazlari yurisdiksiyalaridan foydalanish.
Mavzuga oid
13:15 / 26.05.2025
O‘zbekiston Xitoyning yirik kompaniyalari bilan 20 dan ortiq kelishuvlar imzoladi
12:42 / 23.05.2025
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi 4,5 barobarga pasaydi
13:25 / 13.05.2025
O‘zbekiston-Slovakiya hukumatlararo komissiyasi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
08:52 / 12.05.2025